Augustin Chiritsa: “Hammasidan koʻra yigitlarni ishga boʻlgan ishtiyoqlari quvontirmoqda”
“Andijon”ning “Vorksla” (4:3) ga qarshi uchrashuvidan keyin jamoamizning jismoniy tayyorgarlik boʻyicha murabbiyi Augustin Chiritsa klub matbuot xizmatiga bellashuv borasidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi
“Oʻyinni 4:3 hisobida yutganimizdan muxlislarimiz bizdan koʻra koʻproq xursand qildi, deb oʻylayman. Bir tomondan 4 ta gol urgani xursand qilsa, yomon tarafi 3 ta gol oʻtkazib qoʻyganimiz boʻldi. Albatta, bu nazorat oʻyini. Natijadan nolish yaramaydi. Biz barcha futbolchilarga oʻynash imkoniyatini berdik.
Keyingi bellashuvdagi raqib ham ancha jiddiy. “Boras Banya-Luka” – Bosniya va Gersegovina chempionatida 2-oʻrinni egallashni uddalagan klub. Meni hammasidan koʻra yigitlarimizdagi ishga boʻlgan ishtiyoqlari quvontirmoqda.
Raqib ukrain chempionati ishtirokchisi ekanligiga qaramasdan bizning jamoa chiroyli gʻalabani qoʻlga kirita oldi.
Uchrashuvda zafar quchish - bu oʻrtoqlik, nazorat yo rasmiy boʻladimi, juda ham yoqimlidir! Oʻz navbatida bundan qoladigan taassurot katta yutuqlar sari yoʻl ochadi” – deya fikr bildirdi, Chiritsa.