Rasman: Yangi legioner bilan shartnoma imzolandi!
Qishki seleksiyada oʻz ishini davom ettirayotgan jamoamiz yana bir yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Chernogoriyalik futbolchi Luka Uskokovich yangi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Ushbu futbolchi 1996-yilning 10-aprel sanasida tavallud topgan. Lukaning oxirgi klubi Latviyaning “Liyepaya” jamoasi hisoblanadi. U yerda 11 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Shuningdek, Uskokovich faoliyati davomida Sloveniyaning “Zarisa Kranj” hamda “Maribor” klublarida ham toʻp surgan.
Eʼtiborlisi, u “Maribor” bilan uch marta – 2016\17, 2019\19 va 2021\2022-yilgi mavsumlarda Sloveniya chempionligini qoʻlga kiritgan.
Umid qilamizki, Uskokovich 2025-yilgi mavsumda “Andijon” jamoamizning gʻalabalariga munosib hissasini qoʻshadi.
Luka, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!