Yangilik
Jamoamizning Antaliya yigʻini yakunlandi
7-yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum uchun tayyorgarlik jarayonini boshlagan jamoamizning u yerdagi yigʻini oʻz yakuniga yetdi.
Jamoamiz Antaliyadagi soʻnggi nazorat uchrashuvini Rossiya premyer-ligasi ishtirokchisi - “Dinamo Maxachkala” klubiga qarshi oʻtkazdi.
Qiziqarli oʻtgan oʻyin 1:2 hisobida Rossiya premyer ligasi jamoasi foydasiga hal boʻldi. “Andijon”dan Mahmud Maxamadjonov gol muallifi boʻldi va uning kiritgan goli shunchaki super koʻrinishda boʻldi.
Rejaga koʻra, “Burgutlar” Antaliya yigʻinida rejalashtirgan barcha 10 ta oʻrtoqlik oʻyinini oʻtkazishdi va endi 18-fevral kuni yurtimizga qaytishadi.

