SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rasman! Aziz Turgʻunboyev “Andijon” bilan shartnoma imzoladi

Rasman! Aziz Turgʻunboyev “Andijon” bilan shartnoma imzoladi

Qishki seleksiya ishlarini faol olib borayotgan jamoamiz bu borada hali toʻxtagani yoʻq. 

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi va bungacha “Paxtakor” safida toʻp tepgan hujumkor yarim himoyachi Azizbek Turgʻunboyev “Mavsum-2026”da “Andijon” sharafini himoya qilishini barchangizga mamnuniyat bilan eʼlon qilmoqchimiz. Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishishdi va mehnat shartnomasi imzolandi.

Maʼlumot uchun, Azizbek Turgʻunboyev 1994-yilning 1-oktyabr sanasida Namanganda tavallud topgan. U faoliyati davomida “Navbahor” “Paxtakor” va shu bilan birga Turkiya chempionatida “Sivaspor” jamoalari sharafini himoya qilgan. 

Turgʻunboyev faoliyati davomida hozirgacha 275 ta uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 20 ta assistni bajargan. 

2018-yildan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoamiz sharafini himoya qilib kelmoqda va bunga qadar 43 ta oʻyinda ishtirok etgan va 6 ta gol muallifiga aylangan.

Aziz Tugʻunboyev 3 karra Oʻzbekiston chempioni, 2 karra Oʻzbekiston Superkubogi sohibi, 1 marta Oʻzbekiston Kubogi sohibi va 1 marta milliy terma jamoamiz bilan “CAFA” musobaqasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan. 

Azizbek, “Andijon”ning ahil oilasida xush koʻrdik!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest