Yangilik
Jamoamiz kichik ta'tilda. Tokotaev esa terma jamoaga chaqirildi
FIFA kunlari boshlanganligi munosabati bilan Superligamizda 20-tur nihoyasiga yetgach, qisqa tanaffus yuzaga keldi. Shu sababli “Andijon” jamoamiz a'zolariga ham bir necha kunlik dam berildi.
“Burgutlar” 27 avgust kuni o'z qarorgohida to'planadilar va mashg'ulotlarga kirishishadi.
Darvozabonimiz Erjan Tokotaev esa Qirg'iziston terma jamoasiga jalb qilindi. Ma'lumki, 29 avgust - 8 sentabr kunlari Toshkentda CAFA musobaqasi bo'lib o'tadi. Qirg'iz Respublikasi “A” guruhida O'zbekiston, Oman va Turkmaniston termalari bilan bahs olib boradi.
“Andijon” chempionat doirasida navbatdagi o'yinini 11 sentabr kuni Samarqandda “Dinamo”ga qarshi o'tkazadi.