SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rasman! “Andijon” nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Rasman! “Andijon” nigeriyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi

Yozgi transfer chogʻida tarkibni kuchaytirish borasida seleksiya ishlarini olib borayotgan jamoamiz yana bir yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi.

Tanishing: jamoamizning yangi hujumchisi – Ismail Akinade!

Maʼlumot uchun, Akinade 1994-yilning 11-fevral sanasida Nigeriyada tavallud topgan. U markaziy hujumchi pozitsiyasida toʻp suradi.

Oxirgi klubi Malayziyaning “Terenganu” jamoasi hisoblanadi. 

Hujumchi faoliyati mobaynida 295 ta uchrashuv maydonga tushib raqiblar darvozasiga 80 ta gol urgan va 47 ta golli pasni uzatgan.

Ismail, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest