Rasman! Sunnatilla Hamidjonov “Andijon”ga qaytdi
Tarkibini kuchaytirish boʻyicha seleksiyani davom ettirayotgan jamoamiz yana bir futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
Endilikda iqtidorli himoyachi Sunnatilla Hamidjonov ikkinchi davrada “Andijon” sharafini himoya qiladi.
Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishdilar va Hamidjonov mavsum oxiriga qadar “Surxon” klubidan ijaraga olindi.
Maʼlumot uchun, Hamidjonov 2001-yilning 8-yanvar sanasida Toshkentda tavallud topgan. U 2021-yilgi mavsumda “Andijon” tarkibida toʻp surgan. Shundan soʻng “Olimpik” va “Surxon” jamoalarida faoliyatini davom ettirdi.
Bu yil birinchi davrada termizliklar safida 14 ta oʻyinda maydonga tushgan va 2 ta golli pasni uzatgan.
Ishonamizki, Sunnatilla Hamidjonov “Andijon” oʻzining ishonchli oʻyinlari bilan muxlislarning mehrini qozonadi.
Sunnatilla, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!