Yangilik
Artyom Odinsov “Andijon” aʼzosi!
Yozgi seleksiya ishlarini olib borayotgan “Andijon” tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Bu yil 25 yoshni qarshi oladigan ukrainalik darvozabon Artyom Odinsov jamoamiz aʼzosiga aylandi.
Maʼlumot uchun, Artyom Odinsov 2000-yilning 9-noyabr sanasida Ukrainada tavallud topgan.
Darvozabon bunga qadar Ukrainaning “Munkach”, Vengriyaning “Kishvarda” va “Doshdor” klublari sharafini himoya qilgan. 2018-yildan beri aynan Vengriya chempionatida faoliyat olib borgan.
Odinsov bilan shartnoma 1,5 yilga tuzilgan boʻlib, uning jamoamizdagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqishiga tilab qolamiz.
Artyom, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!