Rasman: Nikita Shkvirin jamoamizning darvozabonlar murabbiyi!
Joriy mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorlanishni rejalashtirgan “Andijon” jamoamizning nafaqat asosiy tarkibida, balki Maksim Shatskix boshchiligidagi murabbiylar shtabida ham ayrim oʻzgarishlar yuz bermoqda.
Jumladan, “Andijon”da darvozabonlar murabbiyi sifatida Nikita Shkvirin ish boshladi. Bungacha jamoamizda darvozabonlar murabbiyi vazifasida faoliyat olib borgan Qobiljon Olimjonov “Andijon” U21 da ishini davom ettiradi.
Maʼlumot uchun, Nikita Igoryevich Shkvirin 1991-yilning 23-iyun kuni Toshkentda tavallud topgan. U oʻzbek futboli afsonalaridan biri Igor Shkvirinning farzandi boʻlib, futbolchilik faoliyati mobaynida OKMK va “Qizilqum” klublari sharafini himoya qilgan.
Nikita Igoryevich darvozabonlar murabbiyi vazifasida 2019-2022-yillari Rossiyaning “Ximki” klubi akademiyasida faoliyat olib borgan. 2022-2024-yilgi mavsum mobaynida “Paxtakor”da ishlagan. Bungacha esa Nikita Shkvirin “Rubin” klubi akademiyasida darvozabonlar murabbiyi rolida ishlab kelgan.
Nikita Igoryevich, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsiz!