“Andijon” U19 jamoamiz Fargʻonada 5 ta gol urdi
Oʻzbekiston U19 chempionating 11-turida Orif Mamatkazin boshchiligidagi “Andijon” U19 jamoamiz kichik vodiy derbisida maydonga tushdi. Fargʻonada “Neftchi” tengqurlariga qarshi kechgan uchrashuvda darvozalarga jami 8 ta gol urildi.
“Andijon” U19 tarkibida isteʼdodli yarim himoyachi Fazliddinxoʻja Ubaydullayev xet-trikka erishdi. U jamoamizning dastlabki uchta goliga mualliflik qildi. Shuningdek, Muhammadrizo Sharibjonov bilan Muhammadali Abdullajonov ham oʻz hisobiga bittadan gol yozdirib qoʻydilar.
Umumiy hisob 3:5 va “Andijon” U19 foydasiga hal boʻldi. Ushbu ajoyib gʻalaba bilan yoshlar jamoamizni tabriklaymiz.
“Neftchi” U19 – “Andijon” U19 – 3:5 (0:2).
1-iyul. Fargʻona. “Neftchi” sport majmuasi stadioni. 150 tomoshabin.
Hakamlar: Salohiddin Akramov, Azizbek Isaqov, Abbos Rustamov
Zaxira hakami: Murodxon Aʼzamjonov
Nazoratchi: Anvar Oʻrunov
Komissar: Muhammadsulton Fozilov
“Neftchi”U19: Sirojiddin Xayitboyev, Javohirbek Mahmudov (Nasim Abdusamadov, 85), Mujohidbek Olimov, Elsevarbek Olimov (Abdulloh Anvarov, 51), Nurmuhammad Abdugʻaniyev, Mirjalol Anvarov (Shaxriyor Xolmatjonov, 46), Asadillo Adhamov (Shukur Murodov, 85), Yahyoxon Isaqov, Oyatillo Ergashev (Anvar Abduhozirov, 79), Abdulloxon Alisherov (Abdulbosit Qoʻldoshev, 51), Salohiddin Muhammadnoʻmonov (Anvar Ahmadillayev, 46).
“Andijon” U19: Asilbek Tojiddinov, Nurjigit Turgʻunaliyev, Iskandar Yuldashev (Diyor Komiljonov, 46), Ravshanbek Omonboyev (Muhammadali Abdullajonov, 65), Bahromjon Qahhorov, Muhammadrizo Sharibjonov, Diyorbek Madaminov (Ozod Ahmajonov, 77), Xabibullo Xabibullayev (Shoxruhmirzo Iminjonov, 77), Fazliddinxoʻja Ubaydullayev (Bekmurod Abduraimjonov, 65), Muhammadali Abdurashidov (Said Dehqonov, 46), Jamshidbek Koʻpaysinov.
Gollar: Fazillidnxoʻja Ubaydullayev, 36 – 0:1. Fazliddinxoʻja Ubaydullayev, 45+1 – 0:2. Fazliddinxoʻja Ubaydullayev, 46 – 0:3. Muhammadrizo Sharibjonov, 51 – 0:4. Mujohidbek Olimov, 56-pen. – 1:4. Abdulloh Anvarov, 62 – 2:4. Oyatillo Ergashev, 75 – 3:4. Muhammadali Abdullajonov, 83 – 3:5.
Ogohlantirishlar: Elsevarbek Olimov, 45+2. Mujohidbek Olimov, 84 - Muhammadali Abdurashidov, 45+2. Said Dehqonov, 83.