SAYT TEST REJIMIDA!!!

Prevyu. “Andijon” – “Bunyodkor”

Prevyu. “Andijon” – “Bunyodkor”

Sevimli “Andijon” jamoamiz birinchi davraning soʻnggi turini “Bobur arena”da Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi oʻtkazishidan xabaringiz bor. 

Oʻzaro jamoalarning oʻzaro oʻyinlar tarixiga keladigan boʻlsak, hozirga qadar milliy chempionatda 28 bor bellashishgan. “Andijon”da 1, “Bunyodkor”da 21 gʻalaba bor. 6 ta uchrashuvda durang qayd etilgan. Toʻplar nisbati 14\55 “Bunyodkor” foydasiga.

“Andijon” “Bunyodkor” ustidan ilk gʻalabasini oʻtgan yilgi mavsumda qoʻlga kiritgani muxlislarning yodida boʻlsa kerak. Oʻshanda “Andijon” 5:1 hisobida raqibini tor-mor keltirgan. 
Navbatdagi toʻqnashuvda ham “Andijon” jamoamizga omad tilaymiz.

Eslatib oʻtamiz, “Andijon” – “Bunyodkor” oʻrtasidagi bahs 5-iyul kuni “Bobur arena”da soat 20:00 da boshlanadi.

Barcha muxlislarni stadionda kutamiz.

Chiptalarni stadionning rasmiy kassalaridan va klubimizning Telegramdagi rasmiy sahifasidagi @echipta_bot orqali xarid qilishingiz mumkin.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest