SAYT TEST REJIMIDA!!!

Prevyu. “Xorazm” – “Andijon”

Prevyu. “Xorazm” – “Andijon”

 

“Andijon” jamoamizni Jizzaxda “Xorazm”ga qarshi muhim o'yin kutmoqda. 

Ushbu klublarning O'zbekiston chempionatidagi ilk o'yini 1996 yildan boshlangan. O'shanda “Xorazm” “Dinamo Urganch” nomi bilan, “Andijon” esa “Navro'z” deb atalardi. Bahs esa 1:1 hisobida yakunlangan. 

Qizig'i, jamoalarning o'sha birinchi uchrashuvi 1996 yilning 26 iyun kuni o'tkazilgan. Bu safar ham jamoalar yana o'sha sanada rasmiy o'yinini o'tkazadilar.

“Xorazm” va “Andijon” klublari hozirga qadar O'zbekiston chemponatida 16 marta to'qnashishgan (pro ligadagi uchrashuvlarsiz). Ustunlik “Burgutlar” tarafida. Urganchliklarda 4, “Andijon”da esa 8 g'alaba bor. 4 ta uchrashuvda durang kuzatilgan. To'plar nisbati 15\31 jamoamiz foydasiga.

Oxirgi marta jamoalar oliy ligada (avvalgi nomi) 2010 yilgi mavsumda uchrashishgan bo'lib, 1:1 va 0:0 natijalari bilan yakunlangan. “Andijon” oxirgi bor 2009 yili ushbu raqibini mag'lub etgan – 4:2. 

Klublarning 17-o'yini bugun Jizzaxdagi “So'g'diyona” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.

“Andijon” jamoamizga navbatdagi uchrashuvda omad tilaymiz.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest