SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamizdan 3 ta gol va 3 ochko

Jamoamizdan 3 ta gol va 3 ochko

Superliganing 14-turini boshlab bergan “Xorazm “ – “Andijon” o'rtasidagi uchrashuvda darvozalarga jami 5 ta gol urildi. Muxlislar uchun qiziqarli o'yin kechdi. Andijondan kelgan muxlislarimiz doimgidek faollik ko'rsatishdi va jamoani ajoyib tarzda olqishlab turdilar. 

G'alaba ishtiyoqida maydonga tushgan “Andijon” 11-daqiqada Bektemir Abdumannonovning burchak zarbasidan keyin Doniyor Abdumannopov boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Lekin oradan ko'p o'tmasdan Vladimir Bubanya muvozanatni tikladi.

O'yinning qolgan voqealari ikkinchi bo'limda sodir bo'ldi. “Xorazm” 53-daqiqada ikkinchi golni kiritdi. Bu vaziyatda jarima maydoni ichida to'p uchun kurashda darvozabon Valijon Rahimovga to'p tegib darvozadan joy oldi. Garchi urganchliklar hisobda oldinga chiqib olgan bo'lishiga qaramasdan “Andijon” futbolchilari mardonavor kurashdi va xarakter namoyish qila oldi. 

80-daqiqada Bektemir Abdumannonovning to'p uzatishidan keyin jarima maydoni ichida Usmonali Ismonaliyevning zarbasini darvozabon qaytardi va Islom Mamatkazin undan qaytgan to'pni darvozaga joylab qo'ygan bo'lsa, bahs oxirlarida Muhammadkarim Toirovning ajoyib pasidan so'ng Bektemir Abdumannonov o'zi uchun yaratilgan qulay imkoniyatdan ustalik bilan foydalandi.

Natijada “Andijon” safarda “Xorazm”ga qarshi kechgan muhim bellashuvda muhim g'alabani qo'lga kiritdi.

“Xorazm” – “Andijon” – 2:3 (1:1).
26 iyun. Jizzax. “So'g'diyona” stadioni. 825 tomoshabin.

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Ruslan Serazetdinov, Islom Azimov
Zaxira hakami: Dilshod Ahmedov
VAR: Ravshan Abduvohidov
AVAR: Sherzod A'zamov
Nazoratchi: Jahongir Saidov
Komissar: Shoxruh Said

“Xorazm”: Sardor Qobuljonov, Abror Xusinov, Dilshod Jo'raev (Fransis Narx, 79), Doston Tursunov, Xazratjon Tursunqulov (Sanjar Shoahmedov, 89), Vladimir Bubanya, Xumoyunmirzo Iminov, Ixtiyor Toshpo'latov, Sunnatilla Abdullajonov (Timur Ismoilov, 66), Rustam Abduhamidov (Aziz Ahrorov, 89), Shaxrom Samiev (Murod Bobojonov, 66). 

“Andijon”: Valijon Rahimov (Eldor Adhamov, 57), Abubakir Ashurov (Shoxjahon Yorqinboev, 57), Islom Mamatkazin, Abdurahmon Komilov, Muhammadkarim Toirov, Sardor Azimov, Usmonali Ismonaliev, Ilhom Abdug'aniev (Altin Kreziu, 79), Doniyor Abdumannopov, Bektemir Abdumannonov, Rustam Turdimurodov (Miraziz Maxammadaliev, 79).  

Gollar: Doniyor Abdumannopov, 11 – 0:1. Vladimir Bubanya, 26 – 1:1. Valijon Rahimov, 53-avt. – 2:1. Islom Mamatkazin, 80 – 2:2. Bektemir Abdumannonov, 87 – 2:3.

Ogohlantirishlar: Bektemir Abdumannonov, 35. Abdurahmon Komilov, 72. Eldor Adhamov, 90+3.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest