Yangilik
Rasman! Mirzad Mexonovich jamoamizni tark etdi
“Andijon” jamoamiz safida to'p surib kelgan bosniya va gersegovinalik futbolchi Mirzad Mexanovich bilan amaldagi shartnoma har ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilindi.
Mexanovich “Burgutlar” tarkibiga shu yilning yanvar oyida qo'shilgan bo'lib, shu vaqtga qadar u “Andijon” safida O'zbekiston chempionatida 7 ta, Kubok bahslarida esa 3 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol muallifi bo'ldi. Shuningdek, 2 marta golli pas uzatgan.
Jamoamiz bilan xayrlashgan Mirzad Mexanovichga keyingi faoliyatida omad tilaymiz.