SAYT TEST REJIMIDA!!!

Shatskix kerakli sozlarni topa oldi yoxud Superkubok oldidan juda muhim g'alaba!

Shatskix kerakli sozlarni topa oldi yoxud Superkubok oldidan juda muhim g'alaba!

“Andijon” jamoamiz uchun mazkur bahs juda muhim ahamiyat kasb etardi. Bosh murabbiy Maksim Shatskix “Bobur arena”da ilk bor “Andijon” ustozi sifatida ko'rinish berdi. 

Oxirgi paytlardagi muvaffaqiyatsiz uchrashuvlardan keyin bu safar g'alaba suv va havodek zarur edi. Qolaversa, 27 may kuni “Burgutlar”ni Superkubok o'yini kutayotgandi. O'rtaga sovrin tikilgan uchrashuvga albatta g'alaba qozonib, yaxshi kayfiyatda, ruhiyatni ko'targan holda  yetib borish muhim hisoblanardi. Biroq Maksim Shatskix oldida muammolar ham yo'q emasdi. Jumladan, Oleg Zoteev, Luka Uskokovich, Farhod Sohibjonov, Abubakir Ashurov kabi futbolchilarda jarohat bor edi. Natijada o'yinchilarning pozisiyalarida majburiy o'zgarishlar kuzatildi. 

Aksiga olib, “Surxon”ga qarshi o'yin jamoamiz uchun yaxshi boshlanmadi. Bellashuvning 5-daqiqasidayoq darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik. Jamoa o'ziga kelib olgunicha biroz vaqt kerak bo'ldi. Baribir asosiy voqealar ikkinchi bo'limda yuz berdi. Tanaffus paytida Maksim Aleksandrovich futbolchilarga juda kerakli so'zlarni topib ayta olgani ikkinchi bo'lim boshidanoq sezildi. Natijada 48 va 54-daqiqalarda Bektemir Abdumannonov bilan Doniyor Abdumannopov raqib darvozasini ishg'ol qildilar. Birinchi golda Doniyor Bektemirga golli pas uzatdi. Ikkinchisida esa Abdumannopov maydon markazidan bir o'zi yorib kirdi va jarima maydoni ichiga kirmasdan juda chiroyli gol muallifiga aylandi. 

Shunday qilib, ikkinchi bo'limni dahshatli boshlagan jamoamiz jonajon muxlislari qarshisida nihoyat g'alaba qozonib, mag'lubiyatli seriyasiga barham bera oldilar. 

O'yindan keyin “Ultras Burgut” boshchiligida futbolchilarimiz markazda doira shaklida o'zgacha ravishda g'alabani o'z suyuklilari bilan birgalikda nishonladilar. Bu g'alaba Superkubok oldidan juda muhim edi.

Endi navbat 27 may kuni “Bunyodkor” stadionida “Nasaf”ga qarshi o'tadigan sovrinli o'yinga! “Andijon” matbuot xizmatini kuzatishda davom eting. Superkubokda ko'rishguncha!

“Andijon” – “Surxon” – 2:1 (0:1).
23 may. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 7900 tomoshabin.

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Ruslan Serazetdinov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Zaxira hakami: Botir Otaboev
VAR: Firdavs Norsafarov
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Vladimir Nazarov

“Andijon”: Valijon Rahimov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G'ulomov, Iskandar Shoyqulov, Abdurahmon Komilov, Altin Kreziu, Ilhom Abdug'aniev (Damir Temirov, 85), Bektemir Abdumannonov (Sardor Azimov, 85), Doniyor Abdumannopov, Rustam Turdimurodov (Muhammadkarim Toirov, 70), Islam Mashukov (Usmonali Ismonaliev, 77). 

“Surxon”: Artyom Potapov, Sunnat Hamidjonov, Nodirxon Ne'matxonov, Bekzod Shamsiev, Doston Tursunov, Sherzod Komilov (Sunnatilla Poyonov, 62), Bexruz SHaydulov, Kiril Kolesnichenko (Abdug'ofur Haydarov, 83), Asilbek Jumaev (Jahongir Abdusalomov, 89), Muhammadyusuf Mirqodirov (Diyor Ramazonov, 83), Muhammad-Ali Abdurahmonov (Nodir Abduholiqov, 62). 

Gollar: Doston Tursunov, 5 – 0:1. Bektemir Abdumannonov, 48 – 1:1. Doniyor Abdumannopov, 54 – 2:1.

Ogohlantirishlar: Abdurahmon Komilov, 61. Ilhom Abdug'aniev, 81.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest