Yangilik
Artyom Petrosyan va Augustin Chiritsa jamoamizni tark etishdi
Shu kunga qadar "Andijon" jamoamizning murabbiylar shtabida ishlab kelgan Artyom Petrosyan hamda Augustin Chiritsa bilan tuzilgan mehnat shartnomalari ikki tomonning kelishuviga ko'ra bekor qilindi.
Petrosyan yordamchi murabbiy sifatida 2022 yilning 15 dekabridan buyon jamoamizda ishlab kelgan bo'lsa, Chiritsa joriy mavsum avvalida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida ish boshlagan.
O'tgan vaqt mobaynida "Andijon" jamoamizda olib borgan faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Ularga keyingi ish faoliyatida omad tilaymiz.