Prevyu. “Sho'rtan” – “Andijon”
“Andijon” jamoamizni ertaga G'uzorda “Sho'rtan”ga qarshi uchrashuv kutmoqda.
Bir necha yillik tanaffusdan so'ng Superligaga qaytgan “Sho'rtan”ga qarshi o'yin jamoamizning o'zaro bellashuvlardagi 19-bellashuviga aylanadi.
Ikkala jamoada 7 tadan g'alaba bor va 4 ta durang bor. To'plar nisbati 23\20 g'uzorliklar foydasiga.
Bu jamoalar elitada so'nggi bor 2016 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. O'shanda ikkala o'yinda ham “Sho'rtan”ning qo'li baland kelgan.
Shu paytgacha “Sho'rtan” maydonidagi uchrashuvlarda 3 durang qayd etilgan va 1 marta jamoamiz zafar quchgan. Ya'ni, 2008 yilgi mavsumda “Andijon” safarda 0:1 hisobida g'alaba qozongan.
Biz jamoamizga ishonamiz!
Eslatib o'tamiz, “Sho'rtan” – “Andijon” o'yini 17 may kuni, G'uzordagi “Markaziy” stadionida soat 20:30 da boshlanadi.