Aleksandr Xomyakov: “Muxlislarimizdan uzr soʻrayman”
“Andijon” – “Surxon” (2:3) oʻrtasidagi oʻyindan keyin mezbonlar ustozi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- Avvalo, biz tashkil qilgan oʻyin uchun barchadan uzr soʻrayman. Oʻyin juda qiyin kechdi. Ayniqsa, raqibni ikkita goliga javob qaytarish ancha murakkab boʻldi. “Surxon” boshida komfort oʻyin koʻrsatdi. Ikkinchi taymda oʻyinni oʻzgartirishga harakat qildik. Ikkita toʻp farqini yoʻqqa chiqardik. Lekin xatoimiz tufayli uchinchi golni ham oʻtkazdik. Raqib yaxshi harakat qildi va kerakli natijaga erishdi. Raqib oʻyin tizimini yaxshi nazorat qildi. Ular bu gʻalabaga haqli ravishda erishdi. Biz ham koʻp narsani xohlagandik. Uchrashuv borishini oʻzimizga qaratib olishga harakat qilsak-da, bu oʻxshamadi. Raqib oʻzi koʻzlagan natijaga erisha oldi. Muxlislarimizdan ularga quvonch ulasha olmaganimizdan uzr soʻrayman.
- “Andijon” “Paxtakor”ni yutib kelganidan keyin xotirjamlikka berildimi?
- Baʼzi holatlarda xotirjamlikka yoʻl qoʻydik, deb oʻylayman. Bu yerda oʻyinchilarimiz beeʼtibor boʻlmasligi kerak edi. Qandaydir bemalol yutamiz deb oʻylashdi, shekilli. Bu haqida ularga koʻp aytgandik, raqib bizga doimiy ravishda noqulay boʻlib kelgan. Bizga qarshi jiddiy kurashib keladi. Qaysidir joylarda tiklanish jarayonimiz yaxshi boʻlmagandir, balki men xato qilgandirman. Tigʻiz taqvim ham balki bunga taʼsir qilgandir. Tiklanishimiz qiyin boʻlgandir. Aytish mumkinki, raqib bizdan koʻra koʻproq gʻalabani istadi.
- Hujumchining asosiy vazifasi gol urish. Islam Mashukov esa hali gol urgani yoʻq. Bu haqida nima deya olasiz?
- U yaxshi oʻyinchi. Balki unda moslashish jarayoni qiyin kechayotgandir. Umid qilamizki, maʼlum vaqtdan soʻng u oʻzini koʻrsata oladi.