Jamoaga kimlar kelib, kimlar ketdi?
2024 yilning 10 dekabr sanasida ochilgan transfer oynasi 25 fevral kuni rasman yopildi. Shu vaqt davomida tarkibimizda bir qator o'zgarishlar kuzatildi. Yangi o'yinchilar taklif qilindi, ayrimlari ijaraga berilgan bo'lsa, yana boshqalari bilan do'stona ravishda xayrlashildi.
Jamoamiz yangi qo'shilganlar: Valijon Rahimov, Doniyor Abdumannopov, Oleg Zoteev, Iskandar Shoyqulov, Abubakir Ashurov, Usmonali Ismonaliev, Luka Uskokovich (Chernogoriya), Miomir Jurichkovich (Chernogoriya), Mirzad Mexanovich (Bosniya va Gersegovina), Altin Kreziu (Sloveniya), Islam Mashukov (Rossiya).
Jamoamizni tark etganlar: Lyubisha Pesel, Vagiz Galiulin, Igor Litovka, Maksim Sarraf, Marlen Chobanov, Levan Arveladze, Vladimir Bubanya, Ildar Mamatkazin, Farhod Bekmuratov, Abinur Nurimbet, Ilhom Alijonov.
Ijaraga berilganlar: Shaxrom Samiev (Tojikiston), Abubakir Rejabboev, Luka Zgurskiy (Rossiya).