SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamizning Antaliyadagi yig'ini yakuniga yetdi

Jamoamizning Antaliyadagi yig'ini yakuniga yetdi

22 yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga yetib kelgan jamoamiz u yerda 25 fevralga qadar o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib bordi. Ta'kidlash kerakki, barchasi murabbiylarning to'liq rejasi va nazorati ostida o'tdi. Qulay shart-sharoitlar hamda yaxshi saviyadagi sparring-raqiblarga qarshi o'yinlar jamoamizning yangi mavsumga tayyorgarligida muhim omillardan biri sifatida xizmat qiladi.

Barcha futbolchilar o'z ustida jiddiy tarzda ishladilar va maydonda ham, trenajyor zalida ham murabbiylarning ko'rsatmalarini to'liq bajardilar. Antaliya yig'ini davomida jamoamiz hammasi bo'lib, 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Shundan 2 ta g'alaba, 2 ta durang va 6 ta mag'lubiyat qayd etildi. To'plar nisbati 10\18.

Jamoamiz a'zolari bugun Antaliyadan jo'nab ketadi va Toshkentga qaytadi. Futbolchilarga uch kunlik xordiq beriladi va 1 mart sanasidan Toshkentda to'planadilar. 

Ma'lumki, chempionatning ilk turida “Andijon” safarda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Futbolchilarimiz 6 mart qadar Toshkentda shug'ullanib, so'ngra poytaxtdan Qo'qon tomon yo'l oladi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest