“Andijon” navbatdagi oʻyinida maydonga tushdi
Jamoamiz bugun navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvida rejaga binoan Chexiyaning “Zbroyovka Brno” klubiga qarshi maydonga tushdi.
Hisob boʻyicha Antaliyadagi 9-bellashuvda qatnashgan jamoamiz bu safar 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lekin oʻrtoqlik oʻyinida oldin ham maʼlum qilganimizdek, natija mutlaqo ahamiyatsiz. Asosiysi, murabbiylar futbolchilarning holatini va yangi taktik uslublarni sinovdan oʻtkazib olmoqdalar.
“Andijon”dan yagona golga Usmonali Ismonaliyev mualliflik qildi. Raqib esa oʻz imkoniyatlaridan foydalandi.
Taʼkidlash kerakki, oʻtkazilayotgan har bir bellashuv jamoamiz uchun foydali boʻlib, bu albatta chempionatda oʻzining ijobiy tarafidan astoqishi shubhasiz.
Oʻyinni esa Doston Rahmonov boshchiligidagi hamyurtlarimiz boshqarib bordilar.
Jamoamiz Antaliya yigʻinidagi soʻnggi uchrashuvini 24-fevral kuni oʻtkazadi.