Yangilik
Slavomir Pejko: “Raqib tezkor, bu borada bizda muammolar boʻlib turadi”
“Andijon” – “Vishista Krakov” oʻrtasidagi uchrashuvdan keyin polshaliklar bosh murabbiyi Slavomir Pejko “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:
“Biz uchun juda yaxshi oʻyin boʻldi. Yuqori shiddat ostida kechdi.
Raqibimiz ham bungacha koʻplab oʻyinlar oʻtkazgandi. Yaxshi jamoa, sifatli va zoʻr. Ular tezkor oʻyin koʻrsatishadi.
Bu borada bizda baʼzida muammolar boʻlib turadi. Lekin bu uchrashuvda biz gʻalaba qozona oldik va hech kim jarohatlanmadi. Men shundan xursandman”.