Yangilik
Aleksandr Xomyakov: “Yigitlarda charchoq bilindi”
“Andijon” hamda Polshaning “Vishista Krakov” (2:3) klublari oʻrtasidagi oʻyindan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov oʻz munosabatini aytdi:
“Bugungi oʻyinda yigitlarda charchoq bilindi. Uchrashuvning boshidagi dastlabki 8-daqiqasida 0:2 hisobida yutqzayotgandik.
Shundan soʻng futbolchilarga hali vaqt borligini tushuntirdim. Himoyada xatolar tufayli gol oʻtkazib yuboryapmiz. Hujumda ham samaradorlikni oshirishimiz kerak.
Vaqtimiz kam qolyapti. Oʻylab koʻrib muhokama qilamiz, gaplashamiz. Qolgan 3 ta uchrashuvda oʻyinni boshqarishga harakat qilamiz”.