Jamoamiz aʼzolari uchun seminar tashkil etildi
Maʼlumki, har yili yangi mavsum oldidan jamoalar uchun “halol oʻyin” tamoyillari hamda futbol qoidalariga kiritilgan oʻzgarishlar borasida alohida seminarlar tashkil etib kelinadi.
Shu munosabat bilan bugun jamoamiz istiqomat qilayotgan “Adalya” mehmonxonasida ana shunday seminar boʻlib oʻtdi. Tabiiyki, unda “Andijon” futbolchilari va murabbiylar ishtirok etishdi.
Seminarni Oʻzbekiston futbol hakamlari markazining musobaqalarni oʻtkazish boʻlimi boshligʻi Vladislav Seytlin olib bordi.
Aytish kerakki, tadbir mobaynida oxirgi paytlarda futbolda yuz berayotgan tortishuvli vaziyatlar, videolavhalar orqali oʻyinlardagi turli xil epizodlarni koʻrib, muhokama qilishdi.
Qiziqarli tarzdagi ushbu seminar davomida futbolchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur seminar jamoamiz aʼzolari uchun foydali oʻtdi.