SAYT TEST REJIMIDA!!!

Aleksandr Xomyakov: “Hozir natija muhim emas”

Aleksandr Xomyakov: “Hozir natija muhim emas”

Kecha “Andijon” klubi “Zlin” (Chexiya) va “Shaxtyor”ga (Qozogʻiston) qarshi nazorat uchrashuvlarida qatnashdi. Dastlab 0:2 hisobida yutqazgan boʻlsa, ikkinchisida 2:0 natijasi bilan gʻalaba qozondi. Jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov mazkur oʻyinlar xususida klub matbuot xizmatiga taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Ushbu yigʻin chogʻida natija muxim axamiyatga ega emas. Oʻyinga mazmun olib kirish, mashgʻulotlardagi ishlanmalarni amalga oshirish muhim sanaladi. Afsuski, birinchi oʻyinda ishlanmalarimizni hech qaysisi oʻxshamadi, passiv harakatlandik. Hujumlar tashkil qilishda oqsadik. 90 daqiqa davomida bor yoʻgʻi bir marotaba burchak toʻpi ishladik. Umumiy

olganda, hech narsa oʻxshamadi. Raqib bizdan kuchli koʻrindi va shunga yarasha gʻalaba qozondi. 
Ikkinchi oʻyinda esa birinchi uchrashuvdan farqli oʻlaroq xohish va iroda borligini koʻrdim. Bir qancha ishlanmalarni amalda qoʻlladik. Koʻplab vaziyatlar yarata oldik. Bu tarkib yaxshi koʻrindi. Yana aytaman, hozir natija muhim emas. Qanday yoʻnalishda ishlayotgan boʻlsak, uni yaxshilashga va oʻz oʻyinlarimizni yoʻlga qoʻyishga harakat qilyapmiz”.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest