Chexiya klubiga imkoniyat boy berildi
Bugun kunning dastlabki qismida “Andijon” oldindan reja qilinganidek, Chexiyaning “Zlin” klubiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Uchrashuvni kuzatish uchun bevosita SB sport kompleksiga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze, “Nasaf” ustozi Roʻziqul Berdiyev, “Qizilqum” bosh murabbiyi Nikola Lazarevich yana boshqalar keldilar.
Oʻyin ikkala jamoaning galma-galdan hujumlari bilan boshlandi. Chexiya klubi elitaga qaytish uchun asosiy nomzod boʻlib turgani bejiz emasdi. Yaxshi saviyadagi raqibga qarshi oʻyinda murabbiylarimiz yana bir bor jamoa oʻyinidagi yutuq va kamchiliklarni koʻzdan kechirib oldilar.
Uchrashuv davomida ikkita gol urildi va ikkalasi ham raqib tomonidan amalga oshirildi. Tanaffusga jamoalar 0:0 hisobida chiqib ketdilar. Ikkinchi boʻlimda esa “Zlin” futbolchilari oʻzlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, ikki marta toʻp kiritishdi.
Bundan tashqari, darvozabon Valijon Rahimov mahoratini namoyish qilib, uch marta jamoamizni muqarrar gollardan saqlab qoldi. Bir soʻz bilan aytganda, munosib raqibga qarshi oʻyinda omad “Zlin” jamoasiga kuchlib boqdi.
Endi “Andijon” bir necha soatdan soʻng kunning ikkinchi qismidagi bellashuvda Qozogʻistonning “Shaxtyor” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Andijon” – “Zlin” – 0:2 (0:0).
13-fevral. Antaliya. SB sport kompleksi.
Bosh hakam: Georgiy Chexovskiy.
Yordamchi hakamlar: Amangeldi Jusupov, Alisher Minbayev.
Zaxira hakami: Sanjar Iskakov.
“Andijon”: Valijon Rahimov, Miomir Jurichkovich, Luka Uskokovich, Iskandar Shoyqulov, Oleg Zoteyev, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Farhod Sohibjonov, Mirzad Mexanovich, Bektemir Abdumannonov, Islam Mashukov.
Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Rustam Turdimurodov.
“Zlin”: Dostal, Kopechni, Chernin, Kolarj, Shernyavich, Vukadinovich, Nombil, Didiba, Tkach, Maxalik, Poznar.
Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Rakovan, Xamalchik, Bartoshak, Polashek, Buxvaldek, Natchkebiya, Petruta, Poznar.
Gollar: Vukadinovich, 52 – 0:1. Poznar, 64 – 0:2.