SAYT TEST REJIMIDA!!!

Shaxrom Samiyev “Xorazm” klubiga ijaraga berildi

Shaxrom Samiyev “Xorazm” klubiga ijaraga berildi

Qishki transfer chogʻida tarkibda yuz berayotgan oʻzgarishlar davom etmoqda. Jamoamiz bilan Antaliya yigʻinida qatnashayotgan tojikistonlik hujumchisi Shaxrom Samiyevga “Xorazm” klubidan taklif kelib tushdi. 

Natijada ikki tomonning olib borgan muzokaralaridan soʻng Samiyev 2025-yilning oxiriga qadar “Xorazm” jamoasiga ijaraga berildi.

Maʼlumki, futbolchi oʻtgan yili “Andijon” safiga qoʻshilgan boʻlib, uch yillik shartnoma imzolangan. 2024-yilgi mavsumda Shaxrom “Burgutlar” libosida 24 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shaxromga omad tilaymiz!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest