SAYT TEST REJIMIDA!!!

Antaliya kundaligi!

Antaliya kundaligi!

Jamoamiz 22-yanvar kuni Turkiyaning Antaliya shahriga yetib kelgan boʻlsa, shu vaqtga qadar “Jakaranda” mehmonxonasida istiqomat qilgandi. 

Bugundan esa jamoamiz Belek yaqinidagi “Adalya” mehmonxonsiga koʻchib oʻtdi. Bu oldindan rejalashtirilgan boʻlib, Antaliya yigʻini ham ikki bosqichdan iborat boʻlishi haqida ilgari xabar berib oʻtgandik.

Jamoamizning 7-fevral kuni oʻtkazgan ikkita oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin futbolchilarga bir kunlik xordiq berildi va bugundan boshqa mehmonxona biz uchun qoʻnim topish vazifasini bajaradi. 

Ertadan jamoamizning Antaliya yigʻini doirasidagi tayyorgarlik jarayonining ikkinchi bosqichi boshlanadi. Oldinda esa jamoamizni yana 6 ta nazorat uchrashuvlari kutib turibdi.

Eslatib oʻtamiz, jamoamizning mazkur yigʻini 26-fevral kuni yakuniga yetadi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest