SAYT TEST REJIMIDA!!!

Luka Uskokovich: “Bu men uchun yangi chaqiruv, chempionat boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman”

Luka Uskokovich: “Bu men uchun yangi chaqiruv, chempionat boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman”

Kuni kecha chernogoriyalik himoyachi Luka Uskokovichni rasman tanishtirdik. Tajribali himoyachi jamoamizning Antaliyadagi yigʻinidagi ishtirokini allaqachon boshlagan. Uskokovich klub matbuot xizmatiga ilk intervyusini berdi va iliq fikrlarni bildirdib oʻtdi.

-  Luka, “Andijon” klubiga xush kelibsiz! Qaroringizdan mamnun ekaningiz koʻrinib turibdi...

-  Yaxshi kutib olganinglar uchun rahmat. Juda xursandman va bu yerda boʻlishdan mamnunman.

-  Kelishingizdan avval klub va shahar haqida maʼlumotlar toʻplagandirsiz-a?

-  Men juda koʻp maʼlumotlar yigʻdim. Klub va shahar haqida yaxshi fikrlar eshitdim.

-  Oʻzbekiston chempionatini qanchalik bilasiz? 

-  Oʻzbekiston chempionati haqida asosan pozitiv fikrlarni aytishdi. Bu men uchun yangi chaqiruv va yangi sinov. Oʻzbekiston chempionatidagi sarguzashtlarim boshlanishini intizorlik bilan kutyapman. 

-  Sizdan oldin hamyurtingiz Miomir Jurichkovich ham “Andijon” aʼzosiga aylangan. Uni yaxshi bilsangiz kerak-a?

-  Miomirni yaxshi bilaman, u juda ajoyib futbolchi. Umuman olganda, u yaxshi yigit. U bilan yaxshi chiqib keta olishimizga va jamoada barqaror oʻynay olishimizga ishonaman. Biz tandem sifatida ham muvaffaqiyatli harakat qila olamiz, deb umid qilaman.

-  Siz Sloveniyada 3-marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgansiz. Bunday lahzalar har bir futbolchi uchun yoqimli va Oʻzbekistonda ham shunday boʻlishiga umid qilayotgandirsiz?

-  Ha, futbolchi uchun titullar doim muhim va bu hamisha yoqimli. Har doim Kuboklarni qoʻlga kiritilishini xohlaydi. Bu klub uchun ham, individual tomondan ham juda yaxshi, muhim sanaladi. Ishonamanki, ajoyib natijalarga erisha olamiz. Aynan mana shu maqsadda men ushbu jamoaga keldim. Uning maqsadlarini roʻyobga chiqarishda oʻz hissamni qoʻshmoqchiman. Men qoʻyadigan vazifalar orasida eng oliysi, albatta titullarni qoʻlga kiritish hisoblanadi. 

-  Jamoamizning muxlislariga qanday gapingiz bor?

-  Bizning muxlislarimizga vaʼda berishim mumkin boʻlgan yagona narsa shuki, individual va jamoa tarafidan imkoniyatimizda bor boʻlgan barcha narsani beramiz. Qoʻlimizdan kelganicha kurashamiz. Ishqibozlarni xursand qilish uchun gʻalabalarimiz, yaxshi oʻyinlarmiz va sovrinlar bilan quvontiramiz. Ishonamanki, oldimizda kutib turgan mavsum muvaffaqiyatli kechadi.

 

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest