SAYT TEST REJIMIDA!!!

Yuriy Maksimov: “Andijon” menga yoqdi”

Yuriy Maksimov: “Andijon” menga yoqdi”

“Andijon”ning “Vorskla” (4:3) jamoasiga qarshi uchrashuvidan soʻng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa bosh murabbiyi Yuriy Maksimov bilan suhbatlashdi.

- Yuriy Vilyovich, oʻyin sizda qanday tassurot qoldirdi?

- Bu oʻz nomi bilan oʻrtoqlik uchrashuvi. Bunday bahslarda esa futbolchilarning ustunlik va kamchiliklari borasida xulosalar chiqaramiz. Yaxshiroq tasavvur hosil boʻladi. Xatolarga kelsak, xatolik har doim uchraydi. Xatolarni esa toʻgʻrilash mumkin. Asosiysi, futbolchilarning hammasi sogʻ va salomat.

- Uchrashuvda 7 ta gol urildi. Siz buni kutganmidingiz?

- Oʻrtoqlik uchrashuvida darvozalarga koʻproq gol kiritilishidan ajablanish yaramaydi. Rasmiy maqomdagida boʻlsa, bunga jiddiy eʼtibor qaratish darkor.

- Bungacha “Andijon” haqida qanday maʼlumotlarga ega edingiz?

- “Andijon”ning oʻtgan mavsum Oʻzbekiston Kubokigi qoʻlga kiritgani haqidagi maʼlumotdan xabar topganimga koʻp boʻlmadi. Har bir klubning oʻz vazifasi bor. Masalan, sizlarning ham, bizning ham oldimizga albatta muayyan vazifalar qoʻyiladi.

- Umuman, “Andijon” jamoasi haqida fikringiz qanday?

- Jamoangizga kelsak, u menga yoqdi. Yaxshi, tezkor va texnik salohiyati ham ancha yuqoriligi bahs davomida sezilib turdi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest