SAYT TEST REJIMIDA!!!

Doniyor Abdumannopov: “Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi formada boramiz”

Doniyor Abdumannopov: “Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi formada boramiz”

“Andijon” klubi Turkiyaning Antaliya shahrida qizgʻin ravishda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib bormoqda. 

Tabiiyki, har bir futbolchi maksimal kuch bilan ishga yondashuv asosida oʻz ustida ishlamoqda. 

Shu jumladan Doniyor Abdumannopov ham murabbiyning koʻrsatmasini bajarish uchun jiddiy mehnat qilyapti va oʻz mahoratini namoyish etish ustida ishlamoqda.

Klub matbuot xizmati Doniyor bilan yigʼin haqida suhbatlashdi. 

- Doniyor jamoamizning Antaliya yigʻini yuqori kayfiyatda davom etayotganiga guvoh boʻlyapmiz. Unda bevosita ishtirok etayotgan futbolchi sifatida oʻtkazilayotgan yigʻin haqida nimalarni ayta olasiz?

- Assalomu alaykum. Yigʻin yaxshi oʻtyapti. Koʻproq qishki tayyorgarlik jarayonida jismoniy holatga eʼtibor qaratiladi. Jamoamizga yangi futbolchilar kelgan, ular bilan bir-birimizni tushunish uchun koʻproq oʻyin oʻynayapmiz. Oʻyindan-oʻyinga yaxshilanib boryapti. Bir-birimizni yaxshi tushunib boryapmiz. Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi formada boramiz.

- Shuningdek, u yerda oʻrtoqlik uchrashuvlari ham tashkil qilinyapti. Xorij jamoalariga qarshi bellashuvlardan nima olyapsiz?

- Oʻyinlarda oʻzimni ham tahlil qilyapman. Koʻproq xatolar ustida ishlayapman.

- Yangi mavsumda “Andijon” umuman boshqacha qiyofada namoyon boʻlmoqda va maqsad ham shunga yarasha jiddiy. Shaxsan yangi mavsumdan nima kutyapsiz va imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?

- Maqsad doim yuqori qoʻyiladi. Amalda koʻrsatish kerak. Mening fikrim, sababini qilishimiz va Allohdan soʻrashimiz kerak, qolgani Xudodan.

-  Ilk turni "Bobur arena"da "Soʻgʻdiyona"ga qarshi oʻyin bilan boshlaymiz. Ilk turdagi muhitni qanday tasavvur qilyapsiz?

- Muhit “Ultras Burgut” bilan doim zoʻr boʻladi.

- Siz "Andijon" safida 33-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bogʻliq edi?

- 33-raqamda futbol oʻynashni “Andijon”da boshlaganman. Men uchun qadrli boʻlib qolgan.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest