Prevyu. “Andijon” - “Paxtakor”
Superliganing 20-turida “Andijon” jamoamiz “Bobur arena”da Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi. Hozirda barcha e'tibor bo'lajak bellashuvga qaratilgan.
Joriy mavsumning birinchi davrasida Toshkentdagi “Jar” stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda jamoamiz “Paxtakor” ustidan 2:3 hisobida g'alaba qozongan.
Andijonda o'tadigan navbatdagi uchrashuv ikkala jamoaning O'zbekiston chempionatidagi 58-to'qnashuviga aylanadi. “Andijon”da 7, “Paxtakor”da 41 g'alaba bor. Yana 9 ta uchrashuvida durang natijasi qayd etilgan. To'plar nisbati 42\134 “Paxtakor” foydasiga.
Umid qilamizki, “Andijon” jamoamiz “Paxtakor”ga qarshi “Bobur arena”da o'tadigan o'yinda ham muxlislarimizga g'alaba quvonchini bag'ishlaydi.
Ishqibozlarimizni 22 avgust kuni soat 19:00 da boshlanadigan muhim bellashuvga taklif qilamiz.

