OFK bosh kotibi oʼrinbosari bilan samarali uchrashuv
OCHL 2 musobaqasining guruh bosqichiga qur'a tashlanganidan so'ng OFK bosh kotibining o'rinbosari, musobaqalarni o'tkazish boshqarmasi boshlig'i janob Shin Man Gil bilan “Andijon” klubi rahbariyati o'rtasida yaqindan tanishuv bo'lib o'tdi. Uning boshchiligida tashkilotchilik yuqori darajada o'tkazildi.
Shin Man Gil “Andijon” jamoamizni OCHL bahslarida ko'rib turganidan mamnunligini aytib, musobaqada omad yor bo'lishini tiladi. Bundan tashqari, unda jamoamiz katta qiziqish uygʼotayotgani sababli ham "Andijon"ning qaysidir uy uchrashuvini "Bobur arena"da kuzatmoqchiligini ham taʼkidladi.
Shu bilan birga o'zaro hamkorlik qilish borasida ham fikr almashildi. Shundan so'ng “Andijon” klubi rahbariyati Shin Man Gilga jamoamizning esdalik sovg'alarini topshirdi.
Aytish mumkinki, OFK bosh kotibi o'rinbosari ham, klubimiz rahbariyati ham mazkur uchrashuvdan mamnunligini izhor qildilar.