SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamiz kichik taʼtilga chiqdi

Jamoamiz kichik taʼtilga chiqdi

“Andijon” jamoamizning Superliga 15-turidagi “Bunyodkor”ga qarshi boʻlib oʻtgan oʻyini birinchi davradagi soʻnggi bahs boʻldi. Shu sababli jamoamiz aʼzolari kichik taʼtilga chiqdilar. 

Ikkinchi davraga tayyorgarlik uchun rejalar ishlab chiqilgan boʻlib, “Burgutlar” 12-iyuldan yozgi yigʻinga kirishishadi. Dastlab futbolchilar tibbiy koʻrikdan oʻtadilar. Ikki kun mobaynida oʻz qarorgohida shugʻullanadigan jamoamiz 14-iyuldan 12 kunlik yigʻin uchun Tojikistonga joʻnab ketadi. 

Shuningdek, 1-iyuldan boshlab yozgi transfer oynasi ochilgan va hozirda tarkibni kuchaytirish borasida yangi futbolchilar bilan qizgʻin muzokaralar olib borilmoqda. 

Bizni kuzatishda davom eting!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest