SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rasman: Vitaliy Shpanyuk “Andijon” klubida yordamchi murabbiy!

Rasman: Vitaliy Shpanyuk “Andijon” klubida yordamchi murabbiy!

“Andijon” klubi murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar davom etadi. Ukrainalik 54 yoshli mutaxassis Vitaliy Vasilevich Shpanyuk bilan ham kelishuvga erishildi va u “Andijon” jamoamizda yordamchi murabbiy vazifasida ish olib boradi.

Shpanyuk 1971 yilning 12 fevral kuni Ukrainada tavallud topgan. Pro lisenziyasiga ega bo'lgan mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida “Kremen” (Ukraina), “Arsenal” (Kiev, Ukraina), Ukraina terma jamoasi, “Slavutich” (Ukraina), “Karpati” (Ukraina), “Anji” (Rossiya), “Dinamo” Tbilisi (Gruziya), “Lvov” (Ukraina), “Vorskla” (Ukraina), “Rotor” (Rossiya) va “Paxtakor” klublarida ishlagan. 

Aynan “Paxtakor” klubida Maksim Aleksandrovichning murabbiylar shtabida samarali mehnat qilgan. Endilikda esa Shpanyuk “Andijon” jamoamizda Shatsxkiga yaqindan yordam beradi. 

Xush kelibsan, Vitaliy Vasilevich!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest