Yangilik
“Andijon”ning “Navbahor” bilan uchrashuvga tayyorgarligi boshlandi
15 mart kuni “Bobur arena”da “Nasaf”ga qarshi maydonga tushgan jamoamiz a'zolari qisqa xordiqdan keyinToshkentda to'plandi.
Ma'lumki, “Andijon” jamoamizning navbatdagi uchrashuvi 28 mart kuni 3-tur doirasida Namanganda “Navbahor”ga qarshi boʼlib oʼtadi.
Jamoamiz bo'lajak vodiy derbisi uchun poytaxtda tayyorgarlik koʼradi.
Shuningdek, FIFA kunlari boshlangani munosabati bilan chempionatimizda biroz tanaffus yuzaga kelganligidan foydalanib, 22 mart kuni jamoamiz OKMKga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.