SAYT TEST REJIMIDA!!!

OʻzPFL vakillari “Bobur arena”da olib borilayotgan ishlarni yaqindan oʻrgandilar

OʻzPFL vakillari “Bobur arena”da olib borilayotgan ishlarni yaqindan oʻrgandilar

Barchaga yaxshi maʼlumki, “Bobur arena”da yangi futbol mavsumida Oʻzbekiston chempionati bahslari hamda OCHL 2 musobaqasidagi oʻyinlarni yuqori saviyada oʻtkazish uchun OFK talablari asosida rekonstruksiya ishlari olib borilyapti. 

Oʻz navbatida Oʻzbekiston professional futbol ligasi (OʻzPFL) ham 2025-yilgi mavsum oldidan joylardagi barcha stadionlarga borib, uning holatini yaqindan oʻrganib kelishmoqda. Bu safar Liga mutaxassislari “Bobur arena”da ham boʻldilar. 

OʻzPFL vakillari, maydon mutaxassisi, TV xodimidan iborat guruh stadiondagi rekonstruksiya ishlari hamda maydon sifatini koʻzdan kechirdilar. Shu orqali oʻzlarini taklif va tavsiyalarini berdilar. 

Taʼkidlash kerakki, stadiondagi barcha ishlar reja asosida olib borilmoqda.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest