Yangilik
Rasman: Osiyo chempioni “Andijon”ga oʻtdi!
Oldin xabar berganimizdek, jamoamiz seleksiya jarayonida tajribali oʻyinchilar bilan birga kelajagi porloq futbolchilarga ham eʼtibor qaratmoqda.
Yaqinda Antaliyadagi yigʻinimizga qoʻshilgan isteʼdodli yarim himoyachi Sayfiddin Sodiqov rasman “Andijon” aʼzosiga aylandi. U bilan mehnat shartnomasi imzolandi va yarim himoyachi jamoamiz sharafini himoya qiladi.
Sayfiddin Sodiqov 2008-yilning 27-iyun sanasida Toshkent shahrida tavallud topgan. U “Odil Junior” akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanaladi.
Bungacha birinchi ligada “Ahmedov FK” jamoasida oʻynagan. Shuningdek, oʻtgan yili Oʻzbekiston U17 terma jamoamiz tarkibida Osiyo chempioni boʻldi va jahon chempionatida qatnashdi.
Sayfiddin, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!

