Yangilik
“Andijon” U21 jamoamiz o'rtoqlik o'yinida g'alaba qozondi
Ayni paytda FIFA kunlari munosabati bilan chempionatimizda tanaffus va asosiy jamoamiz o'z qarorgohida tayyorgarligini olib borayapti. Qolaversa, U21, U19 jamoalarimiz ham rejaga asosan mashg'ulotlarini davom ettirishmoqda.
Abdurashid Ismoilov boshqaruvidagi “Andijon” U21 jamoamiz mashg'ulotlardan tashqari o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazmoqda.
Jumladan, mahalliy “Uz-Tong-Hong-Ko” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvda “Andijon” U21 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Gollarga Asatilla G'ayratillaev, Xamidullo Karimov va Rahmatillo Izzatullaev mualliflik qilishdi.
Yoshlarimizning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi 6 sentyab kuni “Navbahor U21 jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.