SAYT TEST REJIMIDA!!!

“Andijon” OCHL 2 musobaqasining ostonasida

“Andijon” OCHL 2 musobaqasining ostonasida

“Andijon” jamoamiz uchun mavsumning ikkinchi qismi juda muhim va har qachongidan koʻra ahamiyatlidir. Boisi, sentyabr oyida Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasidagi debyut ishtirokiga kirishadi. Bu esa shubhasiz “Andijon” futbol klubida yangi sahifa ochilishidan darak. Bir yarim oydan oshiqroq vaqt qolgan mazkur turnir haqida soʻz yuritamiz.

OCHL 2 musobaqasida jami 32 ta klub ishtirok etadi. Ishtirokchilar mos ravishda 16 tadan Sharq va Gʻarb mintaqalariga boʻlinadilar. “Andijon” Gʻarb mintaqadasida boʻladi.

OCHL 2 da kimlar qatnashadi? Bu hammani qiziqtirayotgan savol. “Andijon” jamoamiz qatnashadigan musobaqada demak quyidagi Osiyo jamoalari ham ishtirok etadilar:

“Al-Muharraq” (Bahrayn)
“Al-Xaldiya” (Bahrayn)
“Al-Vasl” (BAA)
“Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Ahli” (Qatar)
“Istiqlol” (Eron)
“Andijon” (Oʻzbekiston)
“Al-Xusseyn” (Iordaniya)
“Al-Vihdat” (Iordaniya)
“Mohun Bagan” (Hindiston)
“Istiqlol” (Tojikiston)
“Arqadagʻ” (Turkmaniston)
“Al-Zavra” (Iroq)
“Regar TadAZ” (Tojikiston) - “Ahal” (Turkmaniston) gʻolibi
“Goa” (Hindiston) - “Al-Siib” (Ummon) gʻolibi
“Al-Duhayl” (Qatar) – “Sepaxon” (Eron magʻlubi, gʻolibi OCHL elitda qatnashadi)

OCHL 2 musobaqasi format boʻyicha uy va safar tizimida oʻtkaziladi. Shuningdek, 4 ta guruhning har birida birinchi va ikkinchi oʻrin egalari keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. 

Guruh oʻyinlari taqvimi

1-tur: 16–18-sentyabr
2-tur: 30-sentyabr – 2-oktyabr
3-tur: 21–23-oktyabr
4-tur: 4–6-noyabr
5-tur: 25–27-noyabr
6-tur: 10–11-dekabr (Sharq), 
23–24-dekabr (Gʻarb)

Barcha uchrashuvlar OFK musobaqalari taqvimiga muvofiq oʻtkaziladi va uchrashuvlar jadvali (jumladan, oʻyinlar tartibi va boshlanish vaqtlari) qurʼa tashlashdan soʻng OFK tomonidan, OFK Musobaqalar qoʻmitasi tomonidan belgilangan qoidalar asosida tasdiqlanadi.

Gʻarb mintaqasidagi 16 ta ishtirokchi klub "Kuch darajasi va savatlarga taqsimlash tamoyili" asosida toʻrt (4) ta savatga ajratiladi.

Birinchi savatcha:

“Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni)
“Al-Vasl” (BAA)
“Al-Ahli” (Qatar)
“Al-Duhayl” (Qatar) – “Sepaxon” (Eron) magʻlubi (bu juftlik gʻolibi OCHL Elitga yoʻl oladi)

Ikkinchi savatcha:

“Istiqlol” (Eron)
“Andijon” (Oʻzbekiston)
“Al-Zavra” (Iroq)
“Al-Xusseyn” (Iordaniya)

Uchinchi savatcha:

“Al-Muharraq” (Bahrayn)
“Moxun Bagan” (Hindiston)
“Istiqlol” (Tojikiston)
“Arkadagʻ” (Turkmaniston)

Toʻrtinchi savatcha:

“Al-Vihdat” (Iordaniya)
“Al- Xaldiya” (Bahrayn)
“Goa” (Hindiston) - “Al-Siib” (Ummon) gʻolibi
“Regar TadAZ” (Tojikiston) - “Ahal” (Turkmaniston) gʻolibi

Koʻrinib turibdiki, “Andijon” jamoamiz “Istiqlol” (Eron), “Al-Xussayn” (Iordaniya) va “Al-Zavra” (Iroq) bilan bir guruhdan joy olmaydi. 1, 3 va 4-savatchadan bittadan jamoa “Andijon”ga raqib boʻladi. 

Qurʼa tashlash marosimi joriy yilning 15-avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi “Interchontinental” mehmonxonasida boʻlib oʻtadi. Avvaliga 14-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 10:30 (Toshkent vaqti bilan 13:30) da ishtirokchi klublar uchun seminarlar boʻlib oʻtadi. 15-avgust kuni mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 18:00) da qurʼa tashlash marosimi boshlanadi.

 

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest