SAYT TEST REJIMIDA!!!

Maksim Shatskix: “Transfer oynasi yopilgunicha 2-3 nafar yangi oʻyinchi olamiz”

Maksim Shatskix: “Transfer oynasi yopilgunicha 2-3 nafar yangi oʻyinchi olamiz”

“Andijon” – “Esxata” (4:2) oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvdan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix klub matbuot xizmati savollariga javob qaytardi. 

- Maksim Aleksandrovich, oʻyin haqida nima deya olasiz?

- Umuman olganda, yaxshi. Yigʻin davomida yigitlarga yaxshigina jismoniy yuklama bermoqdamiz. Shu sabab birinchi sparring raqib bilan oʻyin normal boʻldi. 45 daqiqadan ikkala taymda oʻynagan futbolchilar berilgan koʻrsatmalarimizni yaxshi bajarishdi. 

- Uchrashuvda maydonda harakat qilgan yangi oʻyinchilarning harakatlaridan qoniqdingizmi?

- Bitta oʻyindan keyin fikr aytish qiyin. Hamma yangi oʻyinchilarimiz oʻzlarini koʻrsatishga harakat qilishmoqda, oʻyinlaridan qoniqish hosil qildim.

- Selekiya borasida yana transferlar boʻladimi?

- Albatta, tarkibni kuchaytirishda davom etamiz. Bir qancha pozitsiyalarimizni kuchaytirish talab etmoqda. Transfer oynasi yopilguniga qadar 2-3 nafar yangi oʻyinchi olamiz.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest