“Esxata” bosh murabbiyi: “OCHLda “Andijon” jamoasiga muxlislik qilamiz”
“Andijon” – “Esxata” (4:2) bellashuvidan soʻng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa bosh murabbiyi Shuhrat Umarovdan oʻyin haqidagi fikrlarini soʻradi.
“Bizning ham yigʻindagi birinchi oʻyinimiz boʻldi. Oʻyin yaxshi oʻtdi. “Andijon” ajoyib jamoa. Keyingi oʻyinlarida omad tilayman, ayniqsa, Osiyo Chempionlar ligasi 2 turnirida. Guruh bahslarida qatnashadi va jamoaga muxlislik qilamiz. Sababi qoʻshnilarmiz. Shuningdek, bosh murabbiy Maksim Shatskixni ham ishlariga omad tilayman.
Qiziqarli oʻyin boʻlib oʻtdi. Jamoamiz yigʻinda bir qator yoshlar ham bor. Ularni yigʻinda sinab koʻrmoqdamiz. Uchrashuv davomida ikkita vaziyatda gol ura olmadik, raqib esa imkoniyatlaridan foydalandi. Yana ishlashda davom etamiz, jamoangizga omad tilayman”, - deydi “Esxata” bosh murabbiyi.