SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rasman: Kristian Novak “Andijon” sharafini himoya qiladi

Rasman: Kristian Novak “Andijon” sharafini himoya qiladi

Seleksiya ishlarini faol olib borayotgan “Andijon” jamoamiz oʻz safini polshalik legioner Kristian Novak bilan toʻldirdi. 

Maʼlumot uchun, Novak 1994-yilning 1-aprel kuni Polshada tavallud topgan. U markaziy himoyachi pozitsiyasida toʻp suradi. 

Novak faoliyati davomida “Lodz” (Polsha), “Turek” (Polsha), “Vidzev Lodz” (Polsha), “Podbeskidze” (Polsha), “Midlotian” (Shotlandiya), “Panionis” (Gretsiya), “Slaven” (Xorvatiya), “Kluj” (Ruminiya), “Bogemian” (Irlandiya) va “Jenis” (Qozogʻiston) klublarida toʻp surgan.

Kristian Novak bunga qadar “Jenis” tarkibida bir yarim yil faoliyat olib borgan holda u yerda 40 ta oʻyinda maydonga tushgan.

Polshalik legioner bilan 1,5-yilga moʻljallangan shartnoma tuzildi. 

Ishonamizki, u oʻzining yorqin va ishonchli oʻyinlari bilan muxlislarimizning mehrini qozona oladi.

Kristian, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest