SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamiz Tojikistonning Xo'jand shahrida yig'in o'tkazadi

Jamoamiz Tojikistonning Xo'jand shahrida yig'in o'tkazadi

Ayni paytda FIFA kunlari munosabati bilan Superligamizda kichik tanaffus yuzaga keldi. 

Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz 5 hamda 10 iyun kunlari jahon chempionati yo'lida muhim uchrashuvlarini o'tkazadi. Bo'lajak o'yinlarda terma jamoamizga omad tilaymiz.

“Andijon” jamoamiz esa 27 may kuni Superkubok o'yinini o'tkazganidan so'ng qisqa muddatli xordiq chiqarmoqda. 

Keyingi turni 13 iyun kuni safarda “Buxoro”ga qarshi o'tkazamiz. Oraliqdagi kunlardan unumli foydalanish maqsadida jamoamiz Tojikistonning Xo'jand shahrida yig'in o'tkazadi. 

Maksim Shatskix boshchiligidagi jamoamiz a'zolari 31 may kuni Xo'jandga jo'nab ketadi va u yerdagi mashg'ulotlar 12 iyunga qadar davom ettiriladi. Shuningdek, bitta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest