SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamiz bilan faxrlanamiz!

Jamoamiz bilan faxrlanamiz!

O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin barchaning diqqat e'tiborida bo'ldi. Bitta o'yindan iborat bo'lgan uchrashuvda qaysidir jamoa sovrin yutish imkoniyatiga ega edi. “Nasaf” o'tgan mavsumning amaldagi chempioni, “Andijon” esa Kubok sohibi sifatida “Bunyodkor” stadionida to'qnash kelishdi.

O'zPFL esa har doimgidek tashkiliy tomonlama juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgani sezilib turdi. O'yin boshlanmasidan yomg'ir yog'ishni boshladi va superkubok bahs tugaguncha jamoalar yomg'ir ostida futbol o'ynadilar. Bu haqiqiy inglizcha futbolni eslatib yubordi. Stadiondagi muhit esa shunchaki ajoyib edi. 

Shubhasiz, “Andijon” klubi muxlislari yana bir karra O'zbekistonda birinchi raqamli ekanligini har jihatdan isbotladilar. “Ultras Burgut” boshchiligidagi ishqibozlarimiz raqib muxlislarisidan son jihatdan ko'p edi va qo'llab-quvvatlash borasida ham bizning fanatlarimiz yana master klass o'tab berishdi. Ularga teng keladigani topilmaydi, bu fakt!

O'yin ham yaxshi boshlandi. “Andijon” kuchli raqibga qarshi jang taklif qildi. Ilk daqiqalardanoq hujumkor o'yin ko'rsatishga kirishgani ko'p narsadan dalolat berardi. Faqat bu uchrashuv taqdirini birgina gol hal qildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida bosh hakam VAR bilan suhbatlashgach, darvozamizga penalti belgiladi va bu golga aylandi.

“Andijon” birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham raqib darvozasi oldida golga tortadigan vaziyatlarni yaratdi. Faqat omad yetishmadi, xolos. Kerak paytda bosim uyushtirdi va tezkorlik ko'rsata oldilar. Muhimi, futbolchilarda ishtiyoq, shijoat yaqqol ko'rinib turdi. Maksim Shatskix qisqa fursat ichida jamoa o'yinida ijobiy o'zgarishlarni amalga oshirayotgani o'yin strategiyasidan bilinib turibdi. 

Ha, jamoamiz yagona gol evaziga mag'lub bo'ldi, lekin biz futbolchilarimiz bilan faxrlanamiz. Ular chempionga qarshi munosib o'yin ko'rsatdilar. Biz ularni olqishlaymiz va ushbu o'yin shuni ko'rsatadiki, “Andijon” hali albatta o'z so'zini ayta olishga qodir va shunday ham bo'ladi. Jamoa ko'rsatayotgan o'yin orqali muxlislarda ham katta ishonchni oshirdi.

Uchrashuvdan keyin andijonlik ishqibozlar o'z suyuklilariga dalda bergan holda munosib olqishladilar va bu borada ham respekt! Jamoamizga ajoyib o'yin uchun rahmat va yorqin g'alabalarimiz oldinda.

“Nasaf” – “Andijon” – 1:0 (0:0).
27 may. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 13205 tomoshabin.

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin.
Zaxira hakami: Abdurashid Xudoyberganov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Ma'mur Sultonov

“Nasaf”: Abduvohid Ne'matov, Alibek Davronov, G'olib G'aybullaev, Umar Eshmurodov, Shuhrat Muhammadiev (Zafarmurod Abdirahmatov, 90+2), Akmal Mozgovoy, Sharof Muhitdinov (Sherzod Nasrullaev, 65), Stefan Cholovich (Rubin Xebay, 65), Oybek Bozorov, Dragan CHeran (Igor Golban, 90+2), Xusayn Norchaev.

“Andijon”: Valijon Rahimov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid G'ulomov, Usmonali Ismonaliev, Luka Uskokovich, Altin Kreziu (Mirzad Mexanovich, 75), Muhammadkarim Toirov, Ilhom Abdug'aniev (Damir Temirov, 75), Bektemir Abdumannonov, Doniyor Abdumannopov, Islam Mashukov (Rustam Turdimurodov, 71).

Gol: Xusayn Norchaev, 72-pen. – 1:0.

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy, 25. Dragan Cheran, 90 – Usmonali Ismonaliev, 70. Abdulvohid G'ulomov, 80.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest