SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamiz Superkubok uchun o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Jamoamiz Superkubok uchun o'yinga tayyorgarlikni boshladi

Kecha “Surxon”ga qarshi chempionat doirasida bo'lib o'tgan o'yinda 2:1 hisobida g'alaba qozongan sevimli jamoamiz bugundan boshlab O'zbekiston Superkubogi uchun “Nasaf”ga qarshi bo'ladigan bellashuvga tayyorgarlikni boshladi.

Maksim Shatskix boshchiligidagi jamoamiz bugun tiklanish mashqlarini bajardilar. Futbolchilar yuqori kayfiyatda bo'lajak muhim uchrashuv uchun tayyorgarlikka kirishishdi.

Sovrin yutish uchun odatda chempionat yoki Kubok musobaqasida qatnashib, unda g'olib chiqishi lozim bo'ladi. Bunda esa hammasi faqat bitta o'yindan iborat: maydonga chiq, g'alaba qozon va Superkubok egasiga aylan! Bu borada futbolchilarimizga omad va muvaffaqiyat tilaymiz.

“Andijon” 2024 yilgi O'zbekiston Kubogi sohibi, “Nasaf” esa 2024 yilgi mamlakat chempioni sifatida aynan Superkubokda maydonga tushishadi. 

“Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadigan mazkur super o'yinda sovrin uchun kuch sinashishadi.

“Andijon” jamoamiz ilk bor Kubok sohibi sifatida Superkubokda maydonga tushadi. “Nasaf”ga qarshi bo'ladigan ushbu juda muhim o'yinda sevimli jamoamiz navbatdagi sovrinni qo'lga kiritishidan umidvormiz va buning uchun “Burgutlar”ni har tomonlama qo'llab-quvvatlaymiz.

27 may oqshomida “Bunyodkor” stadionida andijonlik muxlislarni kutamiz. Bunday unutilmas tarixiy uchrashuvni o'tkazib yubormang!

Chipta sotib olishni unutmang. "Bobur arena"dagi stadion kassasida  Superkubok o'yini uchun chiptalar sotilmoqda.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest