Maksim Shatskixning “Andijon”dagi faoliyati boshlandi
Kecha O'zbekiston Kubogi doirasida “Dinamo”ga qarshi uchrashuvda ishtirok etgan jamoamiz bugundan yangi bosh murabbiy Maksim Shatskix boshchiligida dastlabki mashg'ulotini o'tkazdi va aytish mumkinki, shu bilan birga Maksim Aleksandrovichning “Andijon” klubidagi faoliyati ham boshlandi.
Klub qarorgohida o'tgan mashg'ulot avvalida bosh murabbiy jamoa a'zolari bilan yaqindan tanishdi. Kecha futbolchilarimiz “Dinamo”ga qarshi bahsda ishtirok etishgani bois Shatskix boshchiligidagi ilk mashg'ulot yengil tarzda o'tdi.
Asosiy maqsad – har bir o'yinda faqat g'alaba tamoyili ostida jamoaning har bir a'zosi bunga to'liq ishonch hosil qilmoqda va yangi murabbiylar bo'lg'usi g'alabalar sari astoydil ishga kirishishdi.
Eslatib o'tamiz, jamoamizning navbatdagi uchrashuvi 17 may kuni G'uzorda “Sho'rtan”ga qarshi bo'lib o'tadi. O'yin 20:30 da boshlanadi.