SAYT TEST REJIMIDA!!!

Vadim Abramov: “Oxirgi daqiqada omadimiz chopdi”

Vadim Abramov: “Oxirgi daqiqada omadimiz chopdi”

Superliganing 6-turidan oʻrin olgan “Andijon” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi. 

- Ajoyib oʻyin boʻldi, deb oʻylayman. Muxlislar ham ajoyib oʻyin guvohiga aylandilar. Maydonda 120 daqiqa oʻynadik. Har safar oʻyinni toʻxtatadi-da va ancha vaqt toʻxtalish boʻldi. Bu hech kimga, xususan muxlislarga ham yoqmadi. Bunday toʻxtalishlar xokkeyda boʻladi. Qandaydir tushunarsizlar holatlar. Bitta vaziyatni VAR koʻradi va ancha vaqt ketadi. Tushunish qiyin boʻlgan vaziyatlar. “Andijon” ham yaxshi oʻyin koʻrsatdi. Ayniqsa, ikkinchi taymda ularda imkoniyat koʻp boʻldi. Oʻyinchi almashtirishlaridan soʻng standart vaziyatlardan yanada yaxshi foydalanishlarini bilardim. Baʼzi vaziyatlarda “Andijon” yaxshi oʻyin koʻrsatgan boʻlsa-da, omad ham kelmadi. Lekin oxirgi daqiqalarda biz yaxshi harakat qildik va omadimiz chopdi.

- Ulugʻbek Abdullayev oʻyinning asosiy epizodlaridan biri boʻldi. Ancha xissiyotli vaziyat yuz berdi. 

- Emotsiyalar deysizmi? Ha, oʻsha holatda unday qilmasligi kerak edi. Lekin umumiy maʼnoda olganda, yaxshi oʻyin koʻrsatdi. Undan qon chiqdi va demak bu holatda raqib bilan jiddiyroq toʻqnashuv boʻlgan boʻladi. Penalti haqida ham gapirmoqchiman. Oʻsha holatda hakam vaziyatga juda yaqin turgandi. Nimaga bunday qarorga keldi, bilmadim. Nahotki, VARga murojaat qilish shartmidi?

- Oʻtgan mavsumda ajoyib oʻyin koʻrsatgan Anvar Hojimirzayevga bu mavsumda nima yetishmayapti?

- Anvar yaxshi oʻyinini koʻrsatmadi. Buni oʻzi ham bilib turibdi. Lekin unga ishonaman. Keyingi uchrashuvlarda oʻzini yaxshi tomonlarini koʻrsatadi. Jamoamizning ishonchli oʻyinchilaridan. 

- 10 yil ichida birinchi marta Andijonda “Dinamo” gʻalaba qozondi. Oʻyindan avval yutishinglarga ishonganmidingiz?

- Albatta, biz gʻalaba qozonish maqsadida kelgandik. Xususan, uzoq yoʻl bosib kelgan muxlislarimiz uchun ham alohida rahmat deb qolamiz. 10 yil boʻlgan boʻlsa, biz buni yana davom ettirishimiz kerak. Chunki Kubokda yana bir marotaba “Andijon” bilan oʻyinimiz bor. Yaxshi tayyorgarlik koʻramiz. 

- Bunday atmosferada oʻynash oson emas. Ayniqsa, muxlislar juda kuchli ishqibozlik qilishadi. Bunday muhitga va raqibning standartlariga tayyormidingiz?

- Albatta, tayyor edik. Oʻyindagi vaziyatlarga koʻp bor asabiylashdim. Baribir gol oʻtkazib yubordik. Baʼzi holatlarda futbolchilarimiz toʻpga ulgurmay qolgan holatlar boʻldi. Kubok oʻyiniga boshqacha tayyorgarlik koʻramiz.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest