SAYT TEST REJIMIDA!!!

Ertaga “Bobur arena”da futbol bayrami!

Ertaga “Bobur arena”da futbol bayrami!

Andijondagi har bir oʻyin oʻziga xos futbol bayramiga aylanib ketishini barcha yaxshi biladi. 

Jumladan, ertaga boʻlib oʻtadigan Superliganing 6-tur doirasidagi “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvi fonida ham shubhasiz “Bobur arena” bayram qiyofasiga kiradi.

Ayni paytda “Andijon” va “Dinamo” klublari 5 ta turdan soʻng bir xil – 9 ochko jamgʻarib musobaqa jadvalida 5 hamda 6-oʻrinlarni boʻlishib turishibdi. 
Mazkur jamoalarning ertangi oʻyini Oʻzbekiston chempionatidagi 45-toʻqnashuvga aylanadi. Shundan 16 tasida “Andijon”ning qoʻli baland kelgan boʻlsa, 18 ta uchrashuvda “Dinamo” ustunlikka erishgan. 10 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Toʻplar nisbati 58x65 “Dinamo” foydasiga.

Oʻtgan yili Samarqanddagi bahsda 1:1 natijasi qayd etilgan. Andijondagi “Bobur arena”da esa “Burgutlar” 3:0 hisobida gʻalaba qozongan.

Barcha muxlislarni stadionga chorlaymiz. “Burgutlar” Superligada gʻalabali seriyasini davom ettirishiga tilakdoshmiz. 

Eslatib oʻtamiz, “Andijon” – “Dinamo” uchrashuvi 20-aprel kuni “Bobur arena”da soat 17:45 da boshlanadi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest