SAYT TEST REJIMIDA!!!

Qo'qondagi vodiy derbisida kuchlar teng keldi

Qo'qondagi vodiy derbisida kuchlar teng keldi

Yangi futbol mavsumi ham boshlandi. Ilk turda muxlislar vodiy derbisiga guvoh bo'ldilar. “Andijon” klubi safarda Qo'qondagi “Markaziy“ stadionda “Qo'qon-1912” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Muxlislar katta futbolni sog'inib qolishgandi. Andijondan 2000 ming atrofida ishqibozlar “Markaziy” stadionda “Burgutlar”ni butun bahs mobaynida katta ishtiyoq bilan qo'llab-quvvatladilar. Uchrashuvdan avvaloq jamoamiz ishqibozlari o'zlarini sezdira boshladilar va stadionni larzaga keltirdilar. 

O'yin shunga yarasha tomoshabop tarzda kechdi. Ikkala jamoa murabbiylari jangovar tarkibda o'yinni boshladilar. Pro ligadan Superligaga qaytgan “Qo'qon-1912” tajribali bo'lgan raqibiga munosib qarshilik ko'rsatishga harakat qildi. “Andijon” esa uchrashuvni yaxshi boshladi. Raqibni ko'p vaziyatlarda shoshirib qo'ydi. Bo'lim o'rtalarida bosniyalik Mirzad Mexanovich jarima zarbasidan yo'llagan to'pini mezbonlar posboni katta qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Oradan ko'p o'tmasdan “Andijon” hisobni ochdi. Abdulvohid G'ulomovning jarima maydoni ichiga uzatgan ajoyib pasini Rustam Turdimurodov boshi bilan darvoza burchagiga joylab qo'ydi va u jamoaning 2025 yildagi rasmiy bahsda dastlabki goli muallifiga aylandi.

Biroq bo'lim yakunida mezbonlar javob golini urdilar. Baxtiyor Qosimovning jarima zarbasidan keyin Valijon Rahimov to'pni qaytardi. Lekin qaytgan to'pni mezbon futbolchisi darvozaga kiritdi.

Tanaffusdan keyin ham uchrshuv qiziqarli va hujumkor ruhda davom etdi. Goh “Qo'qon-1912”, goh “Andijon” darvozasi oldida xavfli vaziyatlar guvohi bo'lib turdik. Masalan, ikkinchi bo'limda Ismonaliev jarima zarbasini amalga oshirdi. Bu safar ham darvozabon arang xavfni bartaraf etdi. 

Jamoalar jangovarlikni oshirishdi. G'alaba sari harakat qildilar. Lekin yakunda 1:1 hisobi o'zgarmay qoldi. Natijada “Andijon” chempionatni durang bilan boshladi. Albatta, jamoaning mavsumdagi ilk o'yini chakki emas. Turdan-turga o'yinini kuchaytirib borishi shubhasiz. Superliga endi boshlandi va hali oldindan deyarli butun boshli mavsum turibdi. Xomyakov jamoasi esa dastlabki turda hisobiga bir ochko yozdirib qo'ydi. Uchrashuvdan keyin muxlislar futbolchilarni olqishlar bilan kuzatib qo'ydilar. 

Endi “Andijon” klubi ikkinchi turda 15 mart sanasida “Bobur arena”da “Nasaf”ni qabul qiladi. Ushbu bahsda jamoamizga omad tilaymiz. 

“Qo'qon-1912” – “Andijon” – 1:1 (1:1).
8 mart. Qo'qon. “Markaziy” stadioni. 6000 tomoshabin.

Hakamlar: Doston Rahmonov, Shoxnur Yo'ldoshev, Sardor Umrzoqov.

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov.

VAR: Nayim Qosimov

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Bekzod Aripov

“Qo'qon-1912”: Azizxon Isaqov, Asliddin Toshtemirov, Alisher Salimov, Andro Giorgadze, Shaxzod Akramov, Baxtiyor Qosimov, Xusniddin G'ofurov (Bahrom Abdurahimov, 57), Iqbol Malikjonov (Alisher Xayrullaev, 86), Muhammadanas Hasanov (Bekjon Jo'raboev, 69), Shaxzod Beshimov (Yegor Kondratyuk, 57), Jasur Xolto'raev (Javohir Xusanov, 86).

“Andijon”: Valijon Rahimov, Islom Mamatkazin, Miomir Jurichkovich, Oleg Zoteev (Abdurahmon Komilov, 90+2), Abdulvohid G'ulomov, Muhammadkarim Toirov, Iskandar Shoyqulov (Altin Kreziu 90+2), Usmonali Ismonaliev (Doniyor Abdumannopov, 73), Mirzad Mexanovich (Islam Mashukov, 73), Bektemir Abdumannonov (Farhod Sohibjonov, 80), Rustam Turdimurodov. 

Gollar: Rustam Turdimurodov, 36 – 0:1. Andro Giorgadze, 43 – 1:1.

Ogohlantirishlar: Shaxzod Akramov, 48 – Miomir Jurichkovich, 45. Islom Mamatkazin, 82.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest